«Sada Elbalad English»: O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati ko‘rgazmasi dunyo eʼtiboriga tushmoqda
May 12, 2026. 13:03 • 2 daq
• 77
QOHIRA, 12-may. /“Dunyo” AA/. Misrning “Sada Elbalad English” axborot agentligi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “TextileExpo Uzbekistan 2026” 26-xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda “TextileExpo Uzbekistan” Markaziy Osiyo to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va professional xaridorlarni birlashtiruvchi eng yirik B2B platformasi ekani qayd etilgan.
“Ko‘rgazma ishtirokchilarga ishonchli sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, sohaning zamonaviy yo‘nalishlari bilan tanishish va o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatini taqdim etadi”, – deyiladi maqolada.
Tadbirda dunyoning 7 mamlakatidan 150 dan ortiq taʼminotchi, jumladan, Xitoy kompaniyalari ishtirok etishi xabar qilingan. Ekspozitsiya xomashyodan tortib tayyor mahsulot va aksessuarlargacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladi.
Ko‘rgazma doirasida maqsadli B2B shaklidagi uchrashuvlarni o‘tkazish, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish va eksport shartnomalarini tuzishga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlangan.
Maqola yakunida nashr “TextileExpo Uzbekistan” ko‘rgazmasi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini ilgari surish va xorijiy bozorlar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lib qolayotganini qayd etgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Pokiston OAV: Namanganda o‘tkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivali Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin



