Shveysariya OAV: O‘zbekistonda bolalarni raqamli tahdidlardan himoyalash kuchaytirilmoqda
Iyun 06, 2026. 10:00 • 2 daq
• 198
JЕNЕVA, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlik va zamonaviy raqamli tahdidlardan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunchilik chora-tadbirlari taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Shveysariyaning “Diva International” elektron jurnaliga tayanib.
2026-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik materiallarni, jumladan raqamli muhitda saqlaganlik va tarqatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi bandlarga o‘zgartirish kiritildi.
Shuningdek, qonun tergov harakatlarida ishtirok etadigan bolalar uchun protsessual kafolatlarni, xususan, qonuniy vakillarning majburiy ishtiroki va so‘roq muddatini cheklash kuchaytirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi normalar xalqaro standartlarga asoslangan bo‘lib, profilaktika, huquqiy himoya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan muloqotda psixologik yukni kamaytirishni o‘z ichiga olgan bolalarni himoya qilishning kompleks tizimini shakllantirishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi