“The Economic Times” gazetasi V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida maqola chop etdi
Iyun 05, 2026. 19:25 • 2 daq
• 69
DЕHLI, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. Hindistonning yetakchi ishbilarmonlik nashrlaridan biri “The Economic Times” gazetasida Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga (TXIF) bag‘ishlangan tahliliy maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“TXIF Markaziy Osiyo uchun yangi investitsiya arxitekturasini shakllantiradi” sarlavhasi ostidagi ushbu materialda xalqaro biznes hamjamiyatining O‘zbekiston investitsiya salohiyatiga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotgani alohida ta’kidlangan.
“The Economic Times” materialida TXIFning mintaqaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdagi bosh maydon sifatidagi roliga e’tibor qaratilgan.
Maqolada O‘zbekistonda qulay va oldindan prognoz qilish mumkin bo‘lgan investitsiya muhitini yaratishga yo‘naltirilgan izchil islohotlar qayd etilgan. Jumladan, biznes yuritish tartib-taomillarini soddalashtirish, investorlar huquqlarini himoya qilish va davlat aktivlarini faol xususiylashtirish jarayonlari tilga olingan.
Nashrda “Prezident Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini liberallashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida dadil qadamlar tashlab, Markaziy Osiyodagi asosiy figuraga aylandi”, deb ta’kidlangan.
Hind nashri O‘zbekiston o‘zini Markaziy Osiyo mintaqasi bozoriga kirish uchun qulay hudud sifatida namoyon etayotganini, sarmoyadorlarga izchil rivojlanayotgan bozorlar va keng resurs imkoniyatlaridan foydalanish sharoitini taklif qilayotganini alohida qayd etgan.
“Navbatdagi TXIF O‘zbekistonning investitsiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanish borasidagi qat’iy intilishining namoyishidir”, deb yozgan muallif.
“The Economic Times” gazetasidagi ushbu maqola Hindiston ishbilarmon doiralari o‘rtasida bo‘lajak forum haqidagi xabardorlikni oshirish bilan bir qatorda, O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy hamkorlaridan biri tomonidan mamlakatimizning investitsiya siyosatiga bo‘lgan ishonch tobora mustahkamlanib borayotganining muhim belgisi bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Pokiston OAV: O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi tobora amaliy iqtisodiy mazmun kasb etmoqda

“Вечерний Бишкек”: Toshkentdagi oliy darajadagi Termiz muloqotiga butun dunyodan yetakchi ekspertlar to‘planmoqda


