“Diplomat”: O‘zbekiston Termiz muloqoti orqali integratsiyaning yangi falsafasini ilgari surmoqda

Iyun 06, 2026. 14:30 • 2 daq

95
“Diplomat”: O‘zbekiston Termiz muloqoti orqali integratsiyaning yangi falsafasini ilgari surmoqda

PEKIN, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Diplomat” nashrida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ahamiyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, ushbu tashabbus xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, BMT Bosh Assambleyasining 2022-yilda qabul qilingan rezolyutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan va bu transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish uchun xalqaro-huquqiy zamin yaratgan.

Nashrda logistika xarajatlarini 30-40 foizga qisqartirish va mintaqa mamlakatlariga Hind okeani portlariga chiqish imkoniyatini beruvchi Transafg‘on temir yo‘l yo‘lagi loyihasiga alohida e’tibor qaratilgan. CASA-1000 va TAPI kabi loyihalarning amalga oshirilishi mintaqada iqtisodiy integratsiya va barqarorlikni mustahkamlash omili sifatida ko‘rilayotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, Termiz muloqotida xalqaro tashkilot va jamg‘armalar, jumladan Konrad Adenauer jamg‘armasi, Bergxof jamg‘armasi, “Search for Common Ground” va Jorjtaun universiteti ishtirok etayotgani qayd etilgan.

Nashrning yozishicha, O‘zbekiston mintaqaviy integratsiyaning yangi falsafasini taklif qilmoqda. Unda infratuzilma loyihalari uzoq muddatli tinchlik, barqaror rivojlanish va mintaqa mamlakatlarining o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash vositasi sifatida qaraladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish