Italiyadan munosabat: O‘zbekiston jahon iqtisodiyoti va siyosatiga tobora ko‘proq integratsiyalashmoqda

Iyun 06, 2026. 12:00 • 2 daq

31
Italiyadan munosabat: O‘zbekiston jahon iqtisodiyoti va siyosatiga tobora ko‘proq integratsiyalashmoqda

RIM, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. Italiyadagi “Sandro Teti Editore” nashriyot kompaniyasi direktori, taniqli siyosatshunos Sandro Teti “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining 4–5-iyun kunlari Rossiyaga amaliy tashrifi hamda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtiroki yuzasidan fikr bildirdi:

– Fikrimcha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi ishtiroki g‘oyatda muhim. Bu O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosatni izchil amalga oshirayotganini yaqqol namoyon etadi.

Shu nuqtayi nazardan, mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, O‘zbekiston barcha qo‘shnilari bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnata oladigan, ancha erkin mamlakat sifatida Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Italiya va Rossiya bilan a’lo darajadagi aloqalarga ega.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston so‘nggi yillarda katta yutuqlarga erishdi. Eng yorqin misollardan biri – kambag‘allik darajasining 5 foizgacha pasaygani. Bu, nazarimda, yaxshi va yaqqol ko‘rsatkichdir.

Forum haqida gapiradigan bo‘lsak, albatta, O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuv muhim voqeadir.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro geosiyosiy anjumanlarda ishtirok etayotgani, O‘zbekistonning jahon iqtisodiyoti va siyosatiga tobora ko‘proq integratsiyalashib borayotgani ham muhim dalildir. O‘zbekiston Prezidenti Peterburg forumidagi ishtiroki bilan buni yana bir bor isbotladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish