O‘zbek milliy taomlari va anʼanalari Ukrainada eʼtirof etildi
Iyul 02, 2026. 20:30 • 2 daq
• 80
KIYEV, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Ukrainaning “Ukraїnskі Nasіonalnі Novini” axborot agentligi o‘zbek milliy taomlarini Markaziy Osiyodagi eng mazali ovqatlar sifatida eʼtirof etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Agentlikda qayd etilishicha, o‘zbek milliy taomlari ko‘p asrlik anʼanalar, hududiy o‘ziga xoslik va boy pazandalik merosini o‘zida mujassam etgan. Unda mingga yaqin taom retsepti, jumladan, palovning yuzdan ortiq turi mavjud.
Maqolada palov, sho‘rva, lagmon, manti, somsa va tandirda pishiriladigan, mehmondo‘stlik ramzi hisoblangan non milliy taomlarning ajralmas qismi ekani taʼkidlangan. Shuningdek, choy ichish madaniyati, qatiqli mahsulotlar hamda O‘zbekiston mashhur bo‘lgan serqirra mevalar milliy oshxonaning muhim tarkibiy qismi sifatida eʼtirof etilgan.
O‘zbekistonning pazandalik anʼanalari avloddan-avlodga o‘tib keladi va ko‘pgina milliy taomlar o‘ziga xos hududiy xususiyatlarga ega. Nashr fikricha, aynan mana shu jihatlar o‘zbek milliy taomlarini mamlakatning asosiy tashrif qog‘ozlaridan biriga hamda uning boy madaniy merosining ajralmas qismiga aylantirgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi