Toshkent xalqaro investitsiya forumi Xitoy OAV nigohida
Iyun 12, 2026. 10:00 • 2 daq
• 177
PЕKIN, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Kitay” jurnalida bo‘lajak V Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF)ga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, forum allaqachon mintaqadagi eng yirik ishbilarmonlik maydonlaridan biriga aylanib ulgurgan. TXIF davlatlar, xalqaro sarmoyadorlar va jahon biznesi vakillarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyoning muhim investitsiya platformasi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlagan.
Maqolada forum ishtirokchilarga davlat rahbarlari, xalqaro moliya institutlari, suveren jamg‘armalar va yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatini taqdim etishi ta’kidlangan.
Xususan, TXIF-2026 dasturi davlat rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis, panel sessiyalari, mavzuli taqdimotlar hamda O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyati ko‘rgazmasini o‘z ichiga oladi.
Jurnalda, shuningdek, 2025-yilda bo‘lib o‘tgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlarini yuqori baholab, O‘zbekistonning mintaqadagi muhim investitsiya markazi sifatidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotgani qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi