“Tatar-inform” AA: Toshkent investitsiya forumi mintaqaning yetakchi biznes maydoni sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda
Iyun 12, 2026. 14:30 • 56 soniya
• 94
QOZON, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Tatar-inform” axborot agentligi bo‘lajak V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda forumning davlat, sarmoyadorlar va biznes o‘rtasidagi muloqot uchun xalqaro maydon sifatidagi o‘rni ortib borayotgani, uning mintaqada uzoq muddatli investitsiya kun tartibini shakllantirishdagi ahamiyati qayd etilgan.
Shuningdek, materialda Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning investitsiya muhitiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga va xorijiy hamkorlar bilan amaliy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilayotgani ta’kidlangan.
Maqola so‘nggida sarmoyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni ishga tushirishning asosiy vositasi sifatida ko‘rilayotgan B2B va B2G formatidagi uchrashuvlarni rivojlantirish hamda xalqaro ishtirokni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi