O‘zbekiston va Iordaniya mudofaa sohasidagi hamkorlik va xavfsizlik muloqotini mustahkamlamoqda
Noyabr 21, 2026. 13:20 • 2 daq
• 213
AMMAN, 21-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning xavfsizlik va mudofaa sohasi vakillaridan iborat delegatsiya 18–19-noyabr-kunlari Amman shahrida iordaniyalik hamkasblari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Iordaniyaning “Petra” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 18-noyabr kuni Iordaniya Qurolli Kuchlari Bosh shtablari birlashgan qo‘mitasi raisi general-mayor Majdi al-Xarasis O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Farrux Muxtarov va mamlakatimiz rasmiy delegatsiyasining boshqa a’zolarini qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy hamkorlikni kengaytirish, mudofaa sohasida tajriba almashish, kadrlar tayyorlash istiqbollari, shuningdek, o‘zaro qiziqish uyg‘otgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
Mazkur muzokaralar O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida xavfsizlik va mudofaa sohasidagi sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan izchil muloqotning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi