O‘zbekiston elchisi Irlandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
May 07, 2026. 09:55 • 2 daq
• 434
LONDON, 7-may. /“Dunyo” AA/. Irlandiya prezidenti Ketrin Konnolli O‘zbekiston elchisi (qarorgohi Londonda joylashgan) Ravshan Usmonovdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Irlandiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Irlandiya Prezidenti Ketrin Konnolli Irlandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib, har tomonlama kengayib borishiga qatʼiy ishonch bildirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy va ezgu tilaklarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Irlandiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1997-yil 7-noyabrda o‘rnatilgan.
Ravshan Usmonov 2023-yil 14-noyabr kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida Londonga kelgan. 2024-yil 16-may kuni u Buyuk Britaniya Qiroli Karl IIIga ishonch yorliqlarini topshirdi. 2025-yil fevral oyida u Islandiya Prezidenti Xalle Tomasdottirga O‘zbekistonning birinchi elchisi sifatida ishonch yorliqlarini taqdim qildi.
2025-yil iyun oyida elchi Ravshan Usmonov Irlandiya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini berdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi