10–12-noyabr kunlari Toshkent “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026” 22-xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi

Oktabr 19, 2026. 11:00 • 3 daq

• 12
10–12-noyabr kunlari Toshkent “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026” 22-xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi

TOSHKЕNT, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. 2026 yil 10–12 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026” 22-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“TransLogistica Uzbekistan” – mamlakatning yetakchi ixtisoslashgan maydoni bo‘lib, u yerda transport-logistika xizmatlarini yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilar bevosita uchrashishi, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, biznesni rivojlantirish uchun yechimlar topishi hamda bozorda o‘z mavqeini oshirishi mumkin.

Ko‘rgazmada quyidagilar namoyish etiladi:

• transportning barcha turlari: temir yo‘l, avtomobil, aviatsiya va dengiz transporti sohasidagi so‘nggi ishlanmalar va innovatsiyalar;

• yuk tashish va ombor jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan zamonaviy logistika xizmatlari hamda raqamli yechimlar;

• davlat infratuzilmaviy loyihalari va xalqaro transport yo‘laklarining istiqbolli yo‘nalishlari;

• temir yo‘llar, dengiz portlari va logistika markazlarini qurish, harakat tarkibini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalarning tajribasi.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazma biznes uchun o‘z samaradorligini yana bir bor tasdiqladi: ishtirokchilarning 92 foizi ko‘rgazmada yangi mijozlar va hamkorlar topdi, eksponentlarning 87 foizi esa kelgusi yilda ishtirok etish niyatini bildirdi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalari va uzoq muddatli hamkorlik uchun mazkur maydonchaning yuqori salohiyatini va uning professional auditoriya orasida talabgirligini ta’kidlaydi.

Bugungi kunga qadar 11 mamlakatdan 70 dan ortiq ishtirokchi “TransLogistica Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasida ishtirok etishini tasdiqladi. Ular BAA, Belarus, Gruziya, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Niderlandiya, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston vakillaridir.

“TransLogistica Uzbekistan” bozor yetakchilari, xalqaro ekspertlar va transport-logistika sohasi mutaxassislarini birlashtirib, Markaziy Osiyoda transport infratuzilmasi va IT-texnologiyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda yuk tashish hajmini oshirish uchun maydoncha yaratadi.

Markaziy Osiyoni xalqaro bozorlar bilan bog‘laydigan O‘rta yo‘lakning yangi logistika yo‘nalishlari va rivojlanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishtirokchilar uchun bu transport va logistika sohasidagi yechimlarni taqdim etish, biznes hamkorlar topish va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish imkoniyatidir.

Ko‘rgazma bo‘limlari:

• avia tashish va aviatsiya logistikasi;

• yuk ekspeditsiyasi va 3PL/4PL;

• avtomobil yuk tashishlari;

• temir yo‘l yuk tashishlari va multimodal tashishlar;

• omborxonalar va ichki logistika;

• tijorat transporti;

• elektrotransport va elektromobillar;

• elektromobillar uchun quvvatlash infratuzilmasi;

• avtoparkni elektrlashtirish;

• vilkali yuklagichlar va ombor uskunalari;

• omborlarni avtomatlashtirish va robototexnika;

• avtoparkni boshqarish va telematika;

• TMS/WMS va raqamli logistika;

• logistika markazlari va terminallari.

“TransLogistica Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasiga tashrif buyurish bozorning dolzarb takliflarini baholash, turli yetkazib beruvchilarning yechimlarini solishtirish va hamkorlik shartlarini bevosita muhokama qilish imkonini beradi.

Import, eksport, ishlab chiqarish, savdo va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar mutaxassislari uchun bu yangi yetkazib beruvchilar va pudratchilarni topish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish hamda transport va logistika jarayonlarini optimallashtirish yechimlarini aniqlash imkoniyatidir.

Tashrif buyurish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish va beydj olish zarur: https://bit.ly/dunyo_trans_ru

Tashkilotchi: “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi hamda “ICA Eurasia Group”.

Tel.: 71 205 14 14.

Sayt: www.trans.uz

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish