Saida Mirziyoyeva: AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni ko‘hna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman
Oktabr 19, 2026. 09:30 • 53 soniya
• 106
TOSHKENT, 18-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatimizga tashrif bilan kelgan AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni Samarqand aeroportida kutib oldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni ko‘hna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman, – deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Bu – uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi.
Oldinda “S5+1” formatidagi muhim muzokaralar, biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi kutmoqda.
O‘zbekistonga xush kelibsiz, janob Rubio!”
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi