20 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Janubiy Koreyada mikrosxemalarni yig‘ish bo‘yicha o‘qitiladi
Sentabr 18, 2026. 16:00 • 2 daq
• 13SEUL, 18-sentabr. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning Sungshil universitetida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qo‘shma malaka oshirish dasturining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Dastur “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda 20 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis ishtirok etmoqda. Taʼlim 15-sentabrdan 14-noyabrgacha davom etadi va yarimo‘tkazgichlar sohasida nazariy va amaliy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi.
Marosimda universitet vitse-prezidenti Mun Yon, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi Mirziyod Yunusov, “MetaOnTech” kompaniyasi bosh direktori De Bong hamda dastur ishtirokchilari so‘zga chiqdi.
Maʼruzalar davomida kadrlar tayyorlash, Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonning “IC Design” - integral sxemalarni loyihalashtirish hamda yarimo‘tkazgichli komponentlarni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq “APT” yo‘nalishlarida milliy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida yarimo‘tkazgichlar sohasida texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




