Xorazm viloyati hokimligi va Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimiyati o‘zaro savdo uylarini ochish masalalarini muhokama qilmoqda

Sentabr 18, 2026. 14:00 • 56 soniya

93
Xorazm viloyati hokimligi va Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimiyati o‘zaro savdo uylarini ochish masalalarini muhokama qilmoqda

OQTOV, 18-sentabr. /“Dunyo” AA/. Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Doschanov va Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimi o‘rinbosari Malik Abdikadirov onlayn-uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar Mang‘istau viloyatida O‘zbekistonning eksport mahsulotlari uchun Savdo uyini ochish hamda qozog‘istonlik tadbirkorlar va savdo tarmoqlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

O‘z navbatida, Mang‘istau viloyati vakillariga Xorazmda o‘z Savdo uyini ochish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki hududiy maʼmuriyat o‘rtasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda joriy yilning oktyabr oyida Xorazm viloyati delegatsiyasining Mang‘istauga tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish