O‘zbekistondagi 35 ta texnikum Turkiya ko‘magida zamonaviy smart-doskalar bilan ta’minlanadi

Oktabr 28, 2026. 16:00 • 42 soniya

• 3
O‘zbekistondagi 35 ta texnikum Turkiya ko‘magida zamonaviy smart-doskalar bilan ta’minlanadi

ANQARA, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) ko‘magida respublikamizning 10 ta hududidagi texnikumlarga 35 ta zamonaviy interaktiv doskani beg‘araz topshirish tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bevosita ishtirokida amalga oshirilayotgan bo‘lib, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan.

Loyiha professional ta’lim rivojini qo‘llab-quvvatlash va texnikumlarni zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan jihozlashga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish