5-10-oktyabr kunlari Latviya tadbirkorlarining biznes-missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Oktabr 04, 2026. 14:00 • 2 daq
• 96
RIGA, 4-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasida bir guruh latviyalik tadbirkorlar ishtirokida O‘zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligi va o‘zaro savdo aylanmasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, investitsiyaviy imkoniyatlar, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari hamda yirik loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Latviyalik tadbirkorlar O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish bildirib, sanoat, energetika, logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Latviya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondan mineral o‘g‘itlar yetkazib berish hajmini oshirishdan manfaatdorligi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni amaliy bosqichga ko‘chirish maqsadida Latviya ishbilarmonlar delegatsiyasining joriy yil 5–10-oktyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va Eksportchilar uyushmasi bilan hamkorlikda biznes-forum hamda B2B formatdagi uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi