Minsk shahrida «INNOPROM. Belarus» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi

Oktabr 04, 2026. 14:30 • 55 soniya

• 77
Minsk shahrida «INNOPROM. Belarus» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi
Minsk shahrida «INNOPROM. Belarus» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi
Minsk shahrida «INNOPROM. Belarus» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi

MINSK, 4-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Belarus poytaxtida «INNOPROM. Belarus» xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ochilish marosimi va plenar sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Joriy yilda mazkur nufuzli xalqaro forum «Ishlab chiqarish-texnologik kooperatsiya: o‘zaro to‘ldiruvchi hamkorlik» mavzusiga bag‘ishlandi. Ko‘rgazmaning umumiy maydoni qariyb 20 ming kvadrat metrni tashkil etib, unda Yevraziya iqtisodiy ittifoqi (YEII) davlatlarining eng ilg‘or sanoat texnologiyalari va innovatsion ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Xalqaro iqtisodiy maydonda mezbon Belarus bilan bir qatorda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Kambodja rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari faol ishtirok etmoqdalar.

Forum doirasida sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va yangi o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlarda Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish