Adam Smit: O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik tobora mustahkamlanmoqda
Avgust 28, 2026. 19:30 • 55 soniya
• 40
VASHINGTON, 28 avgust. /“Dunyo” AA/. AQSH Kongress aʼzosi Adam Smit O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev! Sizni va barcha o‘zbekistonliklarni Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
O‘zbekiston bo‘yicha kokus aʼzosi sifatida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yana-da rivojlanishi va strategik sherikligimiz mustahkamlanishiga umid qilaman.
Mamlakatlarimizni o‘zaro hurmat, Markaziy Osiyoda tinchlik, farovonlik va xavfsizlikni taʼminlashdek mushtarak maqsadlar birlashtirib turadi.
Ishonchim komilki, davlatlarimiz iqtisodiy rivojlanish va savdo, xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish hamda inson huquqlarini himoya qilish kabi muhim sohalardagi hamkorlikni izchil davom ettiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi