O‘zbekiston 2027-yilda MDHga raislik qiladi

Avgust 28, 2026. 18:00 • 2 daq

10
O‘zbekiston 2027-yilda MDHga raislik qiladi

MINSK, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov va MDH bosh kotibi Sergey Lebedev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Minsk shahrida tashkil etilgan muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekistonning MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikdagi ishtirokiga oid masalalarni muhokama qildi.

Sergey Lebedev so‘nggi o‘n yillikda O‘zbekistonning Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtiroki sezilarli darajada kengayganini taʼkidladi. Mamlakat MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarga faol qo‘shilibgina qolmay, balki yangi tashabbuslar muallifi sifatida ham maydonga chiqmoqda.

MDH bosh kotibining taʼkidlashicha, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslar xalqaro hamjamiyat vakillarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu borada iqtisodiy zonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, startaplar va innovatsiyalarni ilgari surish tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, MDH venchur platformasini yaratish hamda energetika sektorini innovatsion rivojlantirish dasturini tayyorlash loyihalari ham alohida eʼtiborga loyiq.

2024-yilda Toshkent MDHning birinchi Yoshlar poytaxti bo‘ldi. 2025-yilda esa O‘zbekiston poytaxtida MDHga aʼzo davlatlarning birinchi Mintaqalar forumi bo‘lib o‘tdi. “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va “MDH Innovatsion sanoati” forumi kabi bir qator yirik tadbirlar joriy yilda ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Bosh kotib 2027-yilda Hamdo‘stlikka O‘zbekiston raislik qilishini qayd etdi. Mamlakat tashkilotga ikkinchi bor raislik qiladi. 2020-yilda O‘zbekiston pandemiyaning murakkab davriga qaramay, ushbu masʼuliyatli vazifani munosib uddalagan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish