Ami Bera: O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan mamlakat va muhim iqtisodiy hamkordir

Sentabr 01, 2026. 13:00 • 2 daq

61
Ami Bera: O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan mamlakat va muhim iqtisodiy hamkordir

VASHINGTON, 1-sentyabr. /“Dunyo” AA/. AQSh Kongressi Vakillar palatasi aʼzosi Ami Bera O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:

– Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga salomim hamda tabriklarimni yo‘llamoqchiman.

O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan mamlakat va muhim iqtisodiy hamkordir. Mamlakat Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlagan holda yangi imkoniyatlarni namoyish qilmoqda.

AQSh va O‘zbekistonni tinchlik va farovonlik yo‘lidagi umumiy maqsadlarga asoslangan mustahkam strategik munosabatlar bog‘lab turadi. O‘ttiz yildan oshiq vaqt mobaynida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik mintaqaga foyda keltirib, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Vakillar palatasining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha quyi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston bo‘yicha kokus aʼzosi sifatida ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash tarafdoriman. Bundan keyin ham o‘zaro munosabatlarimizning yana-da rivojlanishiga ko‘maklashish niyatidaman.

O‘zbekiston xalqi bilan birgalikda ushbu muhim sana, O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va daxlsiz mustaqilligini nishonlash men uchun katta sharaf.

O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va muvaffaqiyatga erishishida ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish