Vengriya banki O‘zbekiston texnikumlari uchun 35 ta kompyuter tuhfa etdi

Sentabr 01, 2026. 13:30 • 47 soniya

44
Vengriya banki O‘zbekiston texnikumlari uchun 35 ta kompyuter tuhfa etdi

BUDAPESHT, 1-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Vengriyaning “OTP Bank”i mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida O‘zbekistonning uchta texnikumi uchun zamonaviy 35 dona kompyuter taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirilgan loyiha doirasida umumiy qiymati 280 million so‘mlik kompyuterlar Buloqboshi tumanidagi 2-sonli, Qarshi tumanidagi 2-sonli hamda Do‘stlik tumanidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga topshirildi.

Vengriya banki tuhfa etgan zamonaviy kompyuterlarning 10 tasi Buloqboshidagi texnikumga, yana 10 tasi Qarshidagi taʼlim muassasasiga hamda 15 tasi Do‘stlik jamoat salomatligi texnikumiga berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish