O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Avgust 31, 2026. 22:50 • 54 soniya

16

TOSHKENT, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Bishkek-Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan tadbirda SHHT davlatlari rahbarlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekistondan 141 nafar vakil ishtirok etmoqda. Yurtdoshlarimiz 30 ta sport turi, xususan, kurash, sambo, armrestling, kamondan o‘q otish, ot sporti bo‘yicha bellashadilar.

Ishtirokchilarga ko‘chmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, anʼana hamda urf-odatlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish