“Asdaa Oman”: O‘zbekistonda bolalar xavfsizligining huquqiy kafolatlari mustahkamlanmoqda
May 20, 2026. 20:25 • 2 daq
• 126
MASKAT, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini kuchaytirish va voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Asdaa Oman” gazetasiga tayanib.
Nashrda taʼkidlanishicha, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonunning qabul qilinishi bu borada muhim bosqich bo‘lgan. Mazkur hujjat bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Yangi qabul qilingan normalar voyaga yetmaganlarga nisbatan, shu jumladan, raqamli texnologiyalar va internet makonidan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan.
Unda voyaga yetmaganlar tasviri tushirilgan materiallarni tarqatish maqsadida saqlaganlik uchun alohida javobgarlik, bunday huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy taʼsir choralari nazarda tutilgan.
Hujjatda voyaga yetmaganlar ishtirokida tergov harakatlarini o‘tkazishda protsessual kafolatlar kuchaytirilgan. Xususan, bolani so‘roq qilishda qonuniy vakilning ishtiroki majburiyligi va so‘roqlarning davomiyligi voyaga yetmagan shaxsning yoshini hisobga olgan holda belgilangan.
“Asdaa Oman” nashrining yozishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar profilaktika mexanizmlarini mustahkamlash, bolalarni zo‘ravonlikning turli shakllaridan himoya qilish darajasini oshirish va milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiq yana-da takomillashtirishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Ukraina kompaniyasi O‘zbekistondagi korxonasida Yevropa sifat standartlarini joriy etmoqda



