O‘zbekiston va Hindiston energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilmoqda

May 20, 2026. 20:55 • 52 soniya

98
O‘zbekiston va Hindiston energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilmoqda

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Hindistonning “Adani Group” kompaniyasining xalqaro energetika bo‘yicha bosh ijrochi direktori Amit Singh bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, zamonaviy energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tarmoqlarda samaradorlikni oshirish hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlardagi sheriklik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekistonda “yashil” energetika quvvatlarini kengaytirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish va energetika sohasida innovatsion yechimlarni tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va energetika tizimining barqarorligini taʼminlash yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish