“BMB HOLDING” va “Berlusconi Finanziaria” kompaniyasi yangi investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelishib oldi
Oktabr 26, 2026. 17:00 • 3 daq
• 6RIM, 26 oktyabr. /“Dunyo” AA/. “BMB HOLDING” kompaniyasi Ta’sischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Yevropa mamlakatlariga amaliy safari doirasida 24 oktyabr kuni Italiyaning “Berlusconi Finanziaria” kompaniyasi prezidenti Paolo Berluskoni bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milan shahrida bo‘lib o‘tgan muloqot avvalgi muzokaralarning mantiqiy davomi bo‘lib, ilgari surilgan tashabbuslarni amaliy faoliyatga tatbiq etish hamda ikki tomonlama munosabatlarni strategik darajaga olib chiqish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Berluskonilar oilasi bilan ko‘p yillar davomida shakllangan do‘stona munosabatlar va o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ushbu do‘stlik rishtalari hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, zamonaviy Yevropa texnologiyalari va ilg‘or tajribalarni joriy qilish, shuningdek, turli sohalarda istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Muzokaralar davomida energetika, infratuzilma va chiqindilarni qayta ishlash sohalarida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik investitsiyaviy loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ilgari surish, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani jalb etish hamda investitsiyaviy hamkorlikning samarali mexanizmlarini shakllantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, energetika va infratuzilma tarmoqlarida uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan yirik qo‘shma tashabbuslarni moliyalashtirish, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda samarali boshqaruv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirish, loyihalarni batafsil ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
Mazkur muloqot “BMB HOLDING” va “Berlusconi Finanziaria” o‘rtasida yangi strategik loyihalarni birgalikda amalga oshirish, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish hamda uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida “BMB HOLDING” Ta’sischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Paolo Berluskonini O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.
“BMB HOLDING” Ta’sischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulovning Yevropa mamlakatlari bo‘ylab amaliy safari davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

