O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Oktabr 26, 2026. 15:10 • 54 soniya
• 10
TOSHKЕNT, 26-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi oliy darajadagi faol muloqotlar va tizimli ishlar natijasida aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Bu kabi yaqin munosabatlar ikki tomonlama do‘stlik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlashi alohida e’tirof etildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni yanada kengaytirishga ahdlashib olindi.
Yetakchilar global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi