O‘zbekiston ilk bor Szindechjen xalqaro keramika ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Oktabr 26, 2026. 16:30 • 2 daq
• 3SZINDECHJEN, 26-oktabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Szyansi provinsiyasida o‘tkazilgan “2026 China Jingdezhen International Ceramic Expo” xalqaro keramika ko‘rgazmasi ilk bor O‘zbekiston milliy stendi namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimiz milliy ekspozitsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “SHhT oynasi” tematik zonasidan joy oldi.
O‘zbekiston stendida hunarmand-kulollarning noyob buyumlari — an’anaviy laganlar, ko‘zalar, qo‘lda yasalgan choy to‘plamlari va milliy amaliy san’atning boshqa namunalari taqdim etildi. Ekspozitsiya o‘zbek an’anaviy naqqoshlik va kulolchilik maktablarining o‘ziga xosligini yaqqol namoyon etib, forum ishtirokchilari, san’atshunoslar va ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish Xitoy va xorijiy davlatlarning yetakchi keramika mahsulotlari ishlab chiquvchilari hamda distribyutorlari bilan bevosita aloqalarni o‘rnatish, dizayn va texnologiyalar sohasida tajriba almashish, shuningdek, o‘zbek hunarmandchilik buyumlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish yo‘llarini belgilash hamda madaniy-gumanitar muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


