Daniya kompaniyalari V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga katta qiziqish bildirmoqda

May 12, 2026. 10:55 • 58 soniya

71
Daniya kompaniyalari V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga katta qiziqish bildirmoqda
Daniya kompaniyalari V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga katta qiziqish bildirmoqda
Daniya kompaniyalari V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga katta qiziqish bildirmoqda

KOPENGAGEN, 12-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Daniya kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Daniya eksport-investitsiya fondi (“EIFO”) yirik loyihalarni moliyalashtirish direktori Yens Xestbax bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning tog‘-kon sanoati, “yashil” energetika, baliqchilik va agrosanoat, chorvachilik hamda organik qishloq xo‘jaligi kabi strategik tarmoqlariga Daniyaning ilg‘or texnologiyalari va nou-xaularini jalb etish yo‘llari muhokama qilindi.

Elchi, shuningdek, Daniyaning “FLS Smidth, “UNIBIO” va “Aler Aqua” kompaniyalari rahbarlari bilan ham muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvlar yakunida mazkur kompaniyalar va “EIFO” o‘z delegatsiyalari bilan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishini tasdiqlab, ushbu anjumanni investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amaliy muhokama qilish uchun samarali platforma sifatida ko‘rishini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish