Myunxen shahrida O‘zbekistonning turistik va madaniy salohiyati taqdim etildi

May 12, 2026. 11:55 • 2 daq

30
Myunxen shahrida O‘zbekistonning turistik va madaniy salohiyati taqdim etildi
Myunxen shahrida O‘zbekistonning turistik va madaniy salohiyati taqdim etildi
Myunxen shahrida O‘zbekistonning turistik va madaniy salohiyati taqdim etildi

MYUNXEN, 12-may. /“Dunyo” AA/. Germaniyada O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Germaniyaning taʼlim va siyosat sohasidagi yetakchi tashkilotlaridan biri bo‘lgan “Hanns-Seidel-Stiftung” jamg‘armasi stipendiatlari, Myunxen, Vyursbur, Mangeym, Marburg, Frankfurt va Aaxen universitetlari talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi xodimlari mamlakatimizning boy tarixi, sayyohlik salohiyati va zamonaviy taraqqiyoti haqida maʼruza qildilar. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda “Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Ishtirokchilar eʼtiboriga Movarounnahr va Temuriylar davri tarixiy-madaniy merosi hamda mamlakatdagi zamonaviy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan “O‘zbekiston zamonaviy dunyoda” mavzusidagi taqdimot namoyish etildi.

Ochiq muloqot chog‘ida xorijlik talabalar O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatning xalqaro maydondagi yutuqlari va so‘nggi yillardagi iqtisodiy o‘sish omillari bilan tanishdilar.

Tadbir yakunida mehmonlarga o‘zbek adabiyoti namunalari, sayyohlik materiallari va anʼanaviy hunarmandchilik mahsulotlari taqdim etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish