Bangladesh biznes-delegatsiyasi iyun oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi
May 12, 2026. 11:25 • 2 daq
• 94DEHLI, 12-*may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Bangladeshdagi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida) Sardor Rustamboyev Dakka Savdo-sanoat palatasi raisi Taskin Ahmad bilan onlayn shakldagi uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralarda, shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining maslahatchisi Alisher Shayxov ishtirok etdi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. To‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo va charm sanoati, shuningdek, turizm sohasining yuqori salohiyati alohida qayd etildi.
Uchrashuvda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijalari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan jozibador va qulay sharoitlar, imtiyoz hamda preferensiyalar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.
O‘z navbatida, Dakka Savdo-sanoat palatasi rahbari O‘zbekistonga 20 dan ortiq tadbirkordan iborat biznes-delegatsiyasini yuborish rejalashtirilganini maʼlum qildi.
Iyun oyiga mo‘ljallangan tashrif doirasida biznes-forum tashkil etish hamda ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida ikki tomonlama B2B uchrashuvlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Dakka Savdo-sanoat palatasi 1958-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Bangladeshdagi eng yirik va faol tuzilmalardan biri hisoblanadi. Palata mamlakat biznes hamjamiyatining, ayniqsa, kichik va o‘rta tadbirkorlik sektorining manfaatlarini ifodalaydi va bugungi kunda uning saflarida 5 700 dan ortiq kompaniya birlashgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Daniya kompaniyalari V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga katta qiziqish bildirmoqda

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etish loyihasini taqdim qildi




