O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi doirasidagi Parlamentlararo ittifoq yig‘ilishida ishtirok etmoqda

Noyabr 18, 2026. 12:30 • 2 daq

• 31
O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi doirasidagi Parlamentlararo ittifoq yig‘ilishida ishtirok etmoqda

TOSHKЕNT, 18-noyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasidagi Parlamentlararo ittifoq yig‘ilishida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi tarkibida Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar To‘ychiyev hamda Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi Jamila Bobanazarova ishtirok etmoqda.

Oliy Majlis yuqori palatasi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ilishda global iqlim majburiyatlarini milliy qonunchilikka tatbiq etish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda amaliy natijadorlikni ta’minlash hamda ushbu jarayonda parlamentlarning rolini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, iqlim siyosatida parlamentlarning mas’uliyati va yetakchilik rolini kuchaytirish, qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan jamoatchilik ishonchini mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish shular jumlasidandir.

Senator Anvar To‘ychiyev yig‘ilish doirasidagi seminarda qilgan ma’ruzasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda ilm-fan yutuqlaridan foydalanish, siyosiy qarorlarni ilmiy asosda qabul qilish va samarali iqlim siyosatini shakllantirish masalalariga urg‘u berdi.

Shuningdek, seminarda chiqindilarni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish, “Nol chiqindi” tamoyilini joriy etish, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish hamda metan chiqindilarini qisqartirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish