Belarusda O‘zbekiston bozori uchun bolalar ovqatini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyiha ishga tushirildi

Noyabr 18, 2026. 12:00 • 2 daq

• 24

GRODNO, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning “Milk House” qo‘shma korxonasi va Belarusning “Bellakt” korxonasi hamkorligida O‘zbekiston bozori uchun quruq bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Loyihani ishga tushirish marosimi 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik korxona vakillari, Belarus parlamenti, Grodno viloyati ijroiya qo‘mitasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyul oyida Belarusga rasmiy tashrifi chorasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi aholi salomatligini mustahkamlash va chaqaloqlarni xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlashdan iborat.

O‘zbekiston bozori uchun moslashtirilgan quruq sut aralashmalari va bolalar bo‘tqalari “Milk House” xususiy savdo belgisi ostida qulay bankalar va maxsus himoyalangan qog‘oz qadoqlarda ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotning birinchi partiyasini O‘zbekistonga jo‘natish joriy noyabr oyining oxiriga rejalashtirilgan bo‘lib, undan so‘ng ular mamlakatimizning barcha hududlarida savdoga chiqariladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish