O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Kanada elchisi bilan uchrashdi

Noyabr 18, 2026. 11:30 • 45 soniya

• 34
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Kanada elchisi bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kanadaning yurtimizdagi elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdim, – deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Savdo, investitsiya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, ta’limdagi hamkorlik hamda viza tartiblarini yengillashtirish masalalariga alohida to‘xtaldik.

Qo‘shma tashabbuslarimiz o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarib, odamlarimiz uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratishiga ishonaman”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish