O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonda qurilish va infratuzilma sohasidagi loyihalarni taklif etdi

Oktabr 19, 2026. 19:00 • 2 daq

• 23
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonda qurilish va infratuzilma sohasidagi loyihalarni taklif etdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonda qurilish va infratuzilma sohasidagi loyihalarni taklif etdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonda qurilish va infratuzilma sohasidagi loyihalarni taklif etdi

QOBUL, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. “O‘zshaharsozlik LITI” bosh direktori Bobur Elmurodov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi qurilish, uy-joy va infratuzilma sohalaridagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilish maqsadida Qobulga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston shaharsozlik va uy-joy qurilishi vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Nasih Rabboniy va boshqa mutaxassislar bilan uchrashdi.

Afg‘oniston tomoni ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning do‘stona xususiyatini ta’kidlab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u o‘zbek kompaniyalarining Afg‘onistondagi yirik qurilish va infratuzilma loyihalarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi.

Bobur Elmurodov “O‘zshaharsozlik LITI” va “Kommunal LITI” faoliyati bilan tanishtirib, qator tashabbuslarni ilgari surdi. Ular orasida Qobul shahrida ishbilarmonlik majmuasi va turar-joy binolarini qurish, shahar xalqaro aeroporti yaqinidagi 60 gektar maydonda zamonaviy turar-joy va ijtimoiy majmuani barpo etish, “Hayraton” sanoat zonasida loyihalarni amalga oshirish va Mozori Sharifda O‘zbekistonga sifatli go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish uchun go‘shtni qayta ishlash klasterini tashkil etish bor.

Muzokaralar yakunida Qobul shahrida “O‘zshaharsozlik LITI” vakolatxonasini ochish va afg‘onistonlik mutaxassislarning qurilish sohasida malakasini oshirishni tashkil etish taklif qilindi. Oktabr oyida Afg‘onistonning tegishli vazirligida texnik uchrashuvlar, Kobulda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, “Yangi Kobul” tashabbusi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish