O‘zbekiston diplomatlari Tuzladagi Deportatsiya qilinadigan shaxslarni vaqtincha saqlash markazidagi vatandoshlar bilan uchrashdi
Avgust 12, 2026. 14:00 • 2 daq
• 13ISTANBUL, 12-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Tuzladagi Deportatsiya qilinadigan shaxslarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Safar davomida markaz rahbari Yusuf Yilmaz hamda masʼul xodimlar bilan turli uchrashuvlar tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida tomonlar markazda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga tegishli masalalar, jumladan, ularning huquqiy maqomi, hujjatlari va konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Bosh konsulxona vakillari zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolariga shaxsini aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va vatanga qaytish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.
Tashrif doirasida markazda bo‘lib turgan vatandoshlar bilan alohida suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ularni tashvishlantirayotgan masalalar aniqlanib, ularni hal etishda tegishli yordam ko‘rsatildi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi hamda Tuzladagi Deportatsiya qilinadigan shaxslarni vaqtincha saqlash markazi vakillari hamkorlikni kengaytirish, fuqarolarga zarur konsullik xizmatlari ko‘rsatish va zarur hollarda tezkor maʼlumot almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

