O‘zbekiston diplomatlari vatandoshimizga Chexiyadan yurtiga qaytishda yordam berdi

Iyul 20, 2026. 11:00 • 2 daq

280
O‘zbekiston diplomatlari vatandoshimizga Chexiyadan yurtiga qaytishda yordam berdi

PRAGA, 20-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi diplomatlari murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshimizga yurtiga qaytishda ko‘maklashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Fuqaro M.X. 2025-yilda Chexiyaga kelgan, so‘ngra mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda Polshaning Vroslav shahrida vaqtincha istiqomat qilgan. 2026-yilning fevral oyida Praga shahrida bo‘lib turgan vaqtida uning xorijga chiqish pasporti o‘g‘irlab ketilgan. Shundan so‘ng u shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz qolib, huquqiy maqomini tiklash va O‘zbekistonga qaytishda qiyinchiliklarga duch kelgan.

Fuqaroning murojaatidan so‘ng elchixona tomonidan zudlik bilan zarur konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida uning deportatsiya qilinish xavfi oldi olindi hamda O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

Bundan tashqari, Chexiya Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda fuqaroning yurtiga qaytishi uchun aviachipta xarajatlarining bir qismi Chexiya tomonidan qoplandi. Shundan so‘ng hamyurtimiz sog‘-salomat vataniga qaytib keldi.

O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari murakkab sharoitlarda qolgan fuqarolarga ko‘mak berish hamda ularning chet ellardagi huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish