Pragada mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston-Chexiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Iyul 20, 2026. 19:40 • 2 daq

212

PRAGA, 20-iyul /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiyaning Chexiyaga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik mutaxassislarni Chexiyada ishga joylashtirish masalasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Chexiya Sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida tibbiyot sohasida pilot loyihani yo‘lga qo‘yish va qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Qayd etilishicha, Chexiya sog‘liqni saqlash tizimida dastlabki bosqichda 400 nafarga yaqin hamshira va ijtimoiy xodimga ehtiyoj mavjud.

Shu bilan birga, Markaziy Yevropaning yetakchi xususiy tibbiyot tarmog‘i ­­– “Penta Hospitals International” kompaniyasi bilan ham o‘zbekistonlik kadrlarni Chexiya, Slovakiya va Polshadagi shifoxonalarga ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi.

Chexiya Savdo palatasi vitse-prezidenti Radek Yakubskiy, “MONTO, s.r.o.” hamda “TOPSEARCH, s.r.o.” kompaniyalari rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda sanoat, avtomobilsozlik, logistika va transport sohalariga o‘zbekistonlik ishchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida chex ish beruvchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, yurtdoshlarimizni O‘zbekistonning o‘zida turib chex tili va tegishli kasblarga tizimli o‘qitish, to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish