Chexiyada vatandoshlar ishtirokida sayyor konsullik qabuli bo‘lib o‘tdi

Iyun 07, 2026. 10:00 • 2 daq

64
Chexiyada vatandoshlar ishtirokida sayyor konsullik qabuli bo‘lib o‘tdi

PRAGA, 7-iyun. /“Dunyo” AA/. Chexiyada vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik uchrashuvi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida O‘zbekiston diplomatlari vatandoshlarning hujjatlarni rasmiylashtirish, Chexiya hududida qonuniy mehnat faoliyatini yuritish, shuningdek, boshqa konsullik-huquqiy va migratsiya masalalariga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilariga Chexiyaning migratsiya va mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish, mezbon mamlakat qonun-qoidalarini hurmat qilish zarurligi tushuntirildi hamda malakali konsullik-huquqiy maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, fuqarolarga konsullik xizmatlaridan foydalanish tartibi, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda xorijda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning mavjud mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Ochiq muloqot chog‘ida yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

Uchrashuv yakunida hamyurtlarimiz bilan bevosita aloqalarni mustahkamlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida bu kabi sayyor uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish