Jiddada O‘zbekistonning turizm va madaniy imkoniyatlari namoyish etildi

Iyun 23, 2026. 17:00 • 2 daq

61
Jiddada O‘zbekistonning turizm va madaniy imkoniyatlari namoyish etildi
Jiddada O‘zbekistonning turizm va madaniy imkoniyatlari namoyish etildi
Jiddada O‘zbekistonning turizm va madaniy imkoniyatlari namoyish etildi

JIDDA, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan mamlakatimizning turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Saudiya Arabistonining yirik ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida yig‘ilganlarga O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, mamlakatning zamonaviy infratuzilmasi, tibbiy va ta’lim turizmi imkoniyatlari, milliy urf-odatlari hamda hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, Makka shahridagi “UzbekFoods” restorani mutaxassislari tomonidan milliy taomlar namoyishi o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari taqdimot zamonaviy O‘zbekistonga yangicha nazar solish imkonini berganini ta’kidladi. 

Ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning boy madaniy merosi, o‘ziga xos milliy taomlari, yuqori darajadagi xavfsizligi, go‘zal tabiati, o‘ziga xos mehmondo‘stlik an’analari, Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun amaldagi vizasiz rejim O‘zbekistonning istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi jozibadorligini sezilarli darajada oshirmoqda.

Uchrashuv yakunida mehmonlar O‘zbekistonga tashrif buyurish hamda mamlakatning turizm salohiyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishga tayyor ekanini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish