O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi
Iyun 22, 2026. 18:18 • 1 daq
• 16
TOSHKЕNT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev bugun Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokarada ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan “Harakatlar rejasi”ning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi