Novosibirskda mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan suhbat o‘tkazildi
Sentabr 17, 2026. 11:30 • 1 daq
• 9NOVOSIBIRSK, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi vakolatxonasi hamkorligida ushbu Novosibirsk hududida ishlayotgan vatandoshlar bilan qator sayyor uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Diplomatlar dastlab “Svetofor” chakana savdo bozori hamda shahardagi uy-joy kommunal xo‘jaligi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan hamyurtlar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yurtdoshlarga diplomatik vakolatxonalarning manzillari va koll-markazlarning aloqa raqamlari ko‘rsatilgan maʼlumotlar berildi.
Ushbu hududda mehnat qilayotgan vatandoshlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ish beruvchilar tomonidan ish haqini o‘z vaqtida to‘lash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. To‘lovlar asossiz kechiktirilgan taqdirda, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish uchun fuqarolarga darhol Migratsiya agentligiga murojaat qilish tavsiya etildi.
Uchrashuvlar yakunida Bosh konsulxona vakillari kelgusida ham vatandoshlarga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

