Misr OAV: O‘zbekiston–Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Sentabr 09, 2026. 15:30 • 2 daq

5
Misr OAV: O‘zbekiston–Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
Misr OAV: O‘zbekiston–Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

QOHIRA, 9-sentabr. /“Dunyo” AA/. Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligining rivojlanishi va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar istiqbollariga bag‘ishlangan maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Al Montasaf”, “Eldameer”, “Al-Diplomacy” nashrlarida O‘zbekistonning kengayib borayotgan xalqaro aloqalari, iqtisodiy va sanoat salohiyatiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Nashrlarda O‘zbekistonning Janubiy Koreya bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sanoat va texnologik sohalardagi hamkorligi jadal rivojlanayotgani qayd etilgan. Qo‘shma ishlab chiqarish, texnologiyalarni mahalliylashtirish, tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash va inson kapitalini rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Misr ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonning Janubiy Koreya uchun Markaziy Osiyodagi muhim sherik sifatidagi roli ortib borayotgani hamda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish borasida keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi