“China Daily”: O‘zbekistonning Xitoy bilan sherikligi yanada strategik ahamiyat kasb etmoqda
Sentabr 09, 2026. 11:30 • 2 daq
• 298
PEKIN, 9-sentabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “China Daily” nashrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi hamda ikki tomonlama sheriklik rivojiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarida yangi ufqlar” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, Xitoy iqtisodiy va texnologik transformatsiya jarayonida O‘zbekistonning asosiy sheriklaridan biri sanaladi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya qilish, texnologiyalar transferi, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt va “yashil” energetikani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Maqolada taʼkidlanishicha, O‘zbekistonning 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmini 240 milliard dollardan oshirish, tovar va xizmatlar eksportini 67 milliard dollarga, qayta tiklanuvchi manbalardan olinadigan elektr energiyasi ulushini esa 54 foizga yetkazishni rejalashtirgan.
“O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan uning Xitoy bilan sherikligi yanada yetuk va strategik ahamiyatga molik bosqichga o‘tmoqda”, – deyilgan materialda.
Kelgusidagi hamkorlik qo‘shma innovatsion markazlar yaratish, kadrlarni kasbiy tayyorlash, texnologiyalar transferi va sanoat-texnologik kooperatsiyani rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi