“EM Insights”: O‘zbekistonda 35 yillik mustaqillik davrida ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi
Avgust 19, 2026. 11:00 • 58 soniya
•
LONDON, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning “EM Insights” portalida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Materialda qayd etilishicha, 2016-yildan buyon O‘zbekistonda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, raqamlashtirish, taʼlim va investitsiyalarni jalb etish sohalarida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Portalda Toshkentning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi faollashgani taʼkidlangan. Savdo va transport bog‘liqligini rivojlantirishda O‘rta yo‘lakning strategik ahamiyatiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
“EM Insights”da yozilishicha, O‘zbekistonning xalqaro rolini yanada kuchaytirish mamlakatning amalga oshirilayotgan islohotlarni mustahkamlashi va ularni barqaror institutlarga aylantira olishiga bog‘liq bo‘ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi