Rigada O‘zbekistonning sayyohlik salyohiyati namoyish etildi

Avgust 19, 2026. 10:02 • 2 daq

3
Rigada O‘zbekistonning sayyohlik salyohiyati namoyish etildi
Rigada O‘zbekistonning sayyohlik salyohiyati namoyish etildi

RIGA, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Riga shahri tashkil topganining 825 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Rīgas draugi ciemos brauca” (“Riga do‘stlari mehmonga keldi”) nomli xalqaro tadbirida O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taqdimot davomida yig‘ilganlarga Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzning boy tarixiy-madaniy merosi, noyob meʼmoriy obidalari hamda mashhur sayyohlik maskanlari haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, mamlakatimizda madaniy-tarixiy, gastronomik, ekologik, etno va mavsumiy turizmni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar, sayyohlar uchun taklif etilayotgan yangi yo‘nalishlar xususida so‘z yuritildi.

Madaniy dasturning yana bir qismida o‘zbek amaliy sanʼatining anʼanaviy yo‘nalishlari — keramika, yog‘och o‘ymakorligi va milliy bezak sanʼati namunalari namoyish etildi.

Tadbir mahalliy aholi va xorijiy mehmonlarda mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatlari, madaniy merosi va milliy qadriyatlariga katta qiziqish uyg‘otdi.

Qator ishtirokchilar O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirib, yurtimizni kelgusi sayohatlar uchun jozibador yo‘nalish sifatida qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish