“Avesta” AA: O‘zbekiston yoshlari texnologik taraqqiyotning yangi harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda

Avgust 19, 2026. 09:37 • 2 daq

54
“Avesta” AA: O‘zbekiston yoshlari texnologik taraqqiyotning yangi harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda

DUSHANBE, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Tojikistonning “Avesta” axborot agentligida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligida mamlakatda texnologik rivojlanish, iqtisodiy ochiqlik va madaniy qayta tiklanishning uyg‘unligiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda yozilishicha, mamlakat katta demografik salohiyatga ega bo‘lib, aholining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. 2026-yilda 35 yoshni qarshi olayotgan fuqarolar bilan suhbatlashsangiz, ularning haqiqiy “Mustaqillik tengdoshlari” ekanini sezasiz.

Maqolada O‘zbekiston mintaqaviy texnologiyalar isteʼmolchisidan raqamli xizmatlar eksportchisiga ishonch bilan aylanayotgani taʼkidlangan. Ushbu transformatsiyaning amalga oshishida “IT Park” markazi muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh bozoriga o‘z xizmatlarini taklif etayotgan “TheCarGo” platformasi asoschisi Ziyobek Turdiyev kabi yosh tadbirkorlarning muvaffaqiyati esa o‘zbek muhandislik salohiyatidan dalolat beradi.

Imtiyozlar va islohotlar bilan bir qatorda, 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejimning joriy etilishi hamda O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikdagi faol roli xalqaro integratsiyaning muhim omili bo‘lgani qayd etilgan.

Materialda mamlakat ochiqligini ifodalovchi yorqin voqealar sifatida Samarqandda YUNESKOning XIV Yoshlar forumi va “Eko-zakovat” turniri o‘tkazilgani haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.

O‘zbekiston Mustaqillikning 35 yilligini nafaqat boy tarixga ega mamlakat, balki innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikning dinamik markazi sifatida kutib olayotgani qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish