Shanxayda o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun strategik rejalashtirish bo‘yicha treninglar tashkil etildi

Sentabr 20, 2026. 14:30 • 57 soniya

72
Shanxayda o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun strategik rejalashtirish bo‘yicha treninglar tashkil etildi

SHANXAY, 20-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Shuhratjon Yigitaliyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Shanxay shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibidan Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari o‘rin oldi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi tomonidan xitoylik ekspertlar ishtirokida treninglar tashkil etildi. 

Ishtirokchilar Xitoy iqtisodiyoti istiqbollari, modernizatsiya modeli, yirik davlatlar munosabatlari, ShHT, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi, Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari, xavfsizlik, sun’iy intellekt, shahar boshqaruvi masalalari va 15-besh yillik rejaning asosiy g‘oyalarini o‘rganib chiqdi.

JIDU vakillari Shanxay xalqaro tadqiqotlar hamda Ijtimoiy fanlar akademiyalari va Shanxay universiteti mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish