“The Japan Times” gazetasi: O‘zbekiston Yaponiya bilan strategik sheriklikning yangi vektorini belgilab oldi
Sentabr 06, 2026. 14:30 • 2 daq
• 104
TOKIO, 6-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning mashhur “The Japan Times” gazetasida O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonovning “Mustaqillik va hamjihatlikning 35-yilligi” sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlagani alohida ta’kidlanadi. 2025-yilda mamlakat YAIM 7,7 foizga o‘sib, 145 milliard dollardan oshdi, oltin-valyuta zaxiralari esa ilk bor 60 milliard dollarlik marrani zabt etdi. O‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarni tashkil etdi, sayyohlar oqimi esa 12 million kishiga yetdi.
Maqolada davlatimiz rahbarining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammiti yakunlariga alohida urg‘u berilgan. Kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot hamda 100 ga yaqin iqtisodiy kelishuvlarning imzolanishi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Yaponiya biznes hamjamiyati bilan birgalikdagi qo‘shma loyihalar portfeli 12 milliard dollardan oshdi, tovar aylanmasi esa 383 million dollarga yetdi.
Maqola yakunida madaniy-gumanitar aloqalar, hududlararo sheriklik hamda 2027-yilda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni faol amalga oshirilayotgani qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi