Oqtovda mushkul vaziyatga tushib qolgan uch oila diplomatlar ko‘magida O‘zbekistonga qaytarildi
Noyabr 05, 2026. 15:30 • 56 soniya
• 88
OQTOV, 5-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan mushkul vaziyatdagi vatandoshlarga diplomatlar tomonidan tezkor ravishda yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Aniqlanishicha, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan uch nafar ayol – J.U., M.J. va D.T. muammolarini bartaraf etish maqsadida konsulxonaga murojaat qilgan. Ularning to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi – P.K., B.K., A.K. va G.K. ham bo‘lgan.
Vatanga qaytishda yordam so‘ragan hamyurtlarimizning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularga zarur ko‘mak ko‘rsatildi. Yurtdoshlarimizga vatanga qaytish guvohnomalari bepul rasmiylashtirib berildi va uchala hamyurtimiz farzandlari bilan birga O‘zbekistonga qaytarildi.
O‘zbekistonning konsullik muassasalari xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlarga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi