O‘zbekiston Milliy kutubxonasida B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasining elektron o‘quv zali ochildi
Noyabr 05, 2026. 14:30 • 2 daq
• 38
TOSHKЕNT, 5-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bosh konsulxona tashabbusi bilan mamlakatimizda Rossiyaning B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasining elektron o‘quv zalini ochish borasidagi loyiha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, muvaffaqiyatli amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qayd etilishicha B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasining elektron o‘quv zali resurslaridan foydalanish imkoniyati muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur tashabbusning hayotga tatbiq etilishi Milliy kutubxona foydalanuvchilarining Rossiya va jahon axborot resurslaridan keng foydalanishi uchun muhim imkoniyat yaratishi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida kutubxonachilik sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sankt-Peterburg shahrida joylashgan B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi Rossiya davlatchiligi, fan va madaniyati tarixiga oid raqamli to‘plamlardan erkin foydalanishni ta’minlovchi umumdavlat elektron resursi hisoblanadi. Kutubxona fondi 1,2 milliondan ortiq saqlov birligini o‘z ichiga oladi. Hozirga qadar dunyoning 15 ta mamlakatida Prezident kutubxonasining elektron o‘quv zallari ochilgan bo‘lib, 2026-yil oktyabr oyidan boshlab ular qatoriga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ham qo‘shildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi